Shajara

«AL-BUKHARI UNIVERSITY» va INDONEZIYA davlati oliy ta’limi muassasalari o’rtasida hamkorlik

Kuni kecha “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” xorijiy xalqaro jamiyatining raisi Dr.SAYYID SARDORXON JAHONGIR JIYLONIY HASANIY Toshkent shahridagi «AL-BUKHARI UNIVERSITY» oliy ta’lim muassasiga Indoneziya davlatidan rasmiy tashrif buyurgan professor Dr. H.SAPTA NIRWANDAR janoblarini universitet rektori MUZAFFAR AXMEDOV boshchiligida kutib oldilar.

AL-BUKHARI UNIVERSITY

Nufuzli mehmon professor Dr. H.SAPTA NIRWANDAR janoblari bilan Indoneziyadagi universitetlar bilan istiqbolli hamkorlikni o’rnatish bo’yicha muzokaralar olib borildi.

Jumladan, «AL-BUKHARI UNIVERSITY» oliy ta’lim muassasining asosiy binosidagi “Xalqaro va ilmiy anjumanlar zali”da Indoneziyalik professor Dr. H.SAPTA NIRWANDAR hamda Turizm va sport vazirligi vakillari ishtirokida turizm fakulteti talabalari uchun mahorat darsi ham o’tkazildi. Ushbu mahorat darsida Indoneziya turizmni rivojlantirish korporatsiyasi (ITDC) davlat turizm korxonalari bo‘yicha komissari, Sahid universiteti professori Dr. H.SAPTA NIRWANDAR «Heritage and global tourism: Indonesia and Uzbekistan managment and prospectivity» mavzusida ma’ruza qilib, turizmni ayniqsa yurtimizdagi aziz avliyolar maqbaralari, ziyoratgohlar va muqaddas qadamjolarga ziyorat turizmini tashkil etish va ushbu sohani rivojlantirishning o’ziga hos jihatlari haqida ma’lumotlar va takliflar berib o’tdi. Universitet o’qituvchilari va talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

xorijiy xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

 

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *