Shajara

Kafkas Üniversites
TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI raisi Doktor Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy O’zbekiston Respublikasi AL-BUKHARI UNIVERSITY rektorati nomidan Turkiya Respublikasi KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI (Kafkas Üniversites) o’rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi

O’tgan maqolamizda “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI raisi hamda AL-BUKHARI UNIVERSITY xalqaro bo’lim boshlig’i, Doktor SAYYID SARDORXON JAHONGIR JIYLONIY Turkiya Respublikasi KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvda bo’lganlari hamda universitetning rahbariyati va professor o’qitivchilari bilan uchrashganliklari haqida xabar bergan edik.

KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI

Kuni kecha Turkiya Respublikasi KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI O’zbekiston Respublikasi AL-BUKHARI UNIVERSITY universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Turkiya Respublikasi KARS-KAVKAZ UNIVERSITETI rektori Doktor Husnu KAPU janoblari bilan bo’lib o’tgan mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi AL-BUKHARI UNIVERSITY rektori Doktor Muzaffar AHMEDOV vakili sifatida, universitetning halqaro aloqalar bo’limi boshlig’i hamda TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI raisi Doktor SAYYID SARDORXON JAHONGIR JIYLONIY tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

AL-BUKHARI UNIVERSITY

     Ushbu imzolangan hamkorlik memorandumida ikki davlatning universitetlari o’rtasida oʻqituvchi mutaxassislar almashinuvi, talabalar almashinuvi va ularning amaliyotlari, kongress, konferensiya, simpozium, sport tadbirlari va turli tadqiqot-targʻibot tadbirlariga oid mavzular belgilab olindi.

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *