Shajara

memorandum

“TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI va O’zbekiston Respublikasi AL-BUKHARI UNIVERSITY o’rtasida memorandum imzolanadi

AL-BUKHARI UNIVERSITY rektori Muzaffar Ahmedov janoblari joriy yilning 27-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Islom Sivilizasiyasi markazi qoshidagi “Allomalar Merosi” markazida  tashkil etilgan xorijiy xalqaro jamiyatimizning Toshkentdagi vakolatxonasi hisoblangan “Shajarashunoslik va manbashunoslik” bo’limiga tashrif buyurib, xalqaro jamiyatimizning O’rta Osiyo hududida olib borayotgan ilmiy-amaliy faoliyati bilan, jumladan, manbashunoslikka oid qadim qo’lyozmalar, nasab shajaralari, silsilalar va tarixiy manbalar bilan tanishgan edilar.

Kuni kecha 29-oktyabr kuni AL-BUKHARI UNIVERSITY da navbatdagi Ilmiy Kengash majlisi boʻlib oʻtdi. Mazkur majlisda universitetning rahbariyati, akademik va professor o’qituvchilari ishtrok etdilar. Ushbu Kengash majlisida  AL-BUKHARI UNIVERSITY oldida turgan dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar, fikr mulohazalar va takliflar eshittirildi.

al bukhari

al bukhari university

Ilmiy Kengash majlisida “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI ning raisi Doktor Sayyid Sardorxon Jahongir Jilloniy o’z ma’ruzasi bilan ishtrok etib, AL-BUKHARI UNIVERSITY ni xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib borayotganligini, jumladan, Turkiya Respublikasi va boshqa davlatlardagi reytingi baland bo’lgan universitetlar va institutlar, xalqaro ilmiy tashkilotlar va jamiyatlar bilan o’zaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda  yaqin kunlarda ular bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilganligini ta’kidlab o’tdilar. Kengash majlisida AL-BUKHARI UNIVERSITY oldida turgan dolzarb masalalar yuzasidan faxriy akademiklarning maʼruzalari va takliflari ham tinglandi, fikrlar va takliflar muhokama qilinib, ilmiy kenjash tomonidan lozim bo’lgan qarorlar qabul qilindi.

al bukhari sayyid

Sayyids

sayyid al bukhari

sayyids

Ilmiy Kengashning 29-oktyabrdagi 1-sonli qaroriga binoan AL-BUKHARI UNIVERSITY va “TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI” XORIJIY XALQARO JAMIYATI o’rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, shuningdek AL-BUKHARI UNIVERSITY da “Manbashunoslik” bo’limini tashkil etish belgilab olindi.

Tadbir yakunida Universitet rektorati akademik va professor ustozlarga hamda universitetning talabalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

 

«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»

xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *