Turkiya Respublikasi «TURKISTON SAYYIDLARI VA ESHONLARI» XORIJIY XALQARO JAMIYATI hamda O’zbekiston Respublikasi «TURON-ILM-FAN» MCHJ ning «MANBASHUNOSLIK va SHAJARASHUNOSLIK» bo’limi o’rtasida HAMKORLIK MEMORANDUMI imzolandi
Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida joylashgan «TURON—ILM—FAN» MCHJ ning o’quv markazida Turkiya Respublikasi “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xorijiy xalqaro jamiyati raisi ustoz Shayx Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniy hazratlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Mazkur uchrashuvda Phd doktori Sayyid Ilhomxon Bahodir ustozimiz Naqib al-Ashraf Shayx Sayyid Sardorxon Jahongir Jiyloniyga Iroq davlatidagi “Naqabat Sadat al-Ashraf” tashkiloti raisi Shayx Sayyid Sharif Xizr Naimiy Hasaniy Hoshimiy tomonidan berilgan IJOZA hujjatini topshirdilar. Mazkur hujjat IJOZA egasiga ansob (nasab) ilmida, manbashunoslik va shajarashunoslikda hamda naqobat sohasida Iroq naqobati nomidan ham faoliyat olib borishga va xalqaro darajada shajaralarni tasdiqlashga ruxsat beradi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi «TURON-ILM-FAN» MCHJning «Manbashunoslik va Shajarashunoslik» bo’limi hamda Turkiya Respublikasi “Turkiston Sayyidlari va Eshonlari” xorijiy xalqaro jamiyati o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu imzolangan hamkorlik memorandumida ikki davlatning naqobatlari o’rtasida manbashunoslik va shajarashunoslik sohasida manbalar almashinuvi, ilmiy-amaliy tadqiqotlar o’tkazish, O’zbekiston va O’rta Osiyodagi shajaralarni xalqaro darajada tasdiqlash, mutaxassislar almashinuvi va ularning amaliyotlari, konferensiya, simpozium, treninglar va turli ilmiy tadbirlarga oid mavzular belgilab olindi.
«Turkiston Sayyidlari va Eshonlari»
xorijiy xalqaro jamiyati MATBUOT XIZMATI